Tokioda 2020 yilda bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlarida xavfsizlikni ta`minlash uchun o`yinlar bo`lib o`tadigan barcha joylarga yuzni aniqlash moslamasi o`rnatilmoqda, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Tashkilotchilar ushbu loyihani yirik texnologiya kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirishmoqda. Qurilma sportchini yuzini taniganidan so`ng kirishga ruxsat beradi. Xabarlarga ko`ra, kutilayotgan sport o`yinlarida 300 mingdan ortiq sportchilar qatnashadi.






