AsosiyDunyo

Braziliya Venesuela uchun yopildi

'Braziliya Venesuela uchun yopildi'ning rasmi

Braziliya hukumati o`z chegaralarini venesuelaliklar uchun yopib qo`ydi, deya xabar qilmoqda Reddit nashri.

Braziliya hukumati chegaradan venesuelalik muhojirlarni o`tkazmaslik haqida buyruq berdi. Hozirda mamlakatga kirish-chiqish postlarida va chegara hududlarida nazorat ishlari kuchaytirilgan. Yuzlab Venesuela fuqarolari esa Braziliyaga kirishga hamon urinishmoqda.Chegara punktlarida har bir kishidan mamlakatga kirish uchun pasport va kerakli boshqa hujjatlar talab qilinmoqda.

Xabarlarga ko`ra, mamlakatda muhojirlar tufayli jinoyatchilik va fohishabozliklar soni keskin oshib ketgan. Ko`chalarda ham boshpanasiz odamlar ko`paygani aniqlandi. Muhojirlarga qarshi kurashish chora-tadbirlarinin keyingi bosqichida esa Braziliyaga noqonuniy tarzda kirgan barcha venesuelaliklar deportasiya qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar