Otasining qotillariga aylangan uch opa-singilning ilk soniyalardagi holatlari kameraga tushdi, deya ma`lum qilmoqda Ren.tv nashri.
57 yoshli Mixail M.ning o`limida ayblanatgan uch opa-singil – 17, 18 va 19 yoshdagi qizlarni hozircha Moskva sudi ikki oylik ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etgan.
Tergov natijalariga ko`ra, ota o`z qizlarini “ruhiy-ma`naviy jihatdan azoblab kelgan”.
Qizlar o`zlarini himoya qilish jarayonida otalarining qotiliga aylangan.
Yana bir taxminga ko`ra esa opa-singillar otalarini o`ldirishni rejalashtirishgan bo`lishlari mumkin.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.






