AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov san`at oliygohlarida iste`dodlar chetda qolib, puli bilan mukofot olganlar o`qiyotganini tanqid qildi

'Ozodbek Nazarbekov san`at oliygohlarida iste`dodlar chetda qolib, puli bilan mukofot olganlar o`qiyotganini tanqid qildi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasining o`tgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yo`nalishlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Tadbirda madaniyat sohasidagi muammo va kamchiliklar xususida ham so`z yuritildi. Ayniqsa, an`anaviy qo`shiqchilik va san`atkorlar faoliyatidagi kamchiliklar tilga olindi.

— Ko`plab muammolar sohadagi eski qarashlar va korrupsion hatti-harakatlar bilan bog`liq, nazarimda, — dedi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov. — Misol uchun, xalqaro tanlovlar laureatlari bo`lgan yoshlar yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ammo, bugungi kelib bu shunday muammoga aylandiki, qabul kvotasi 10 ta bo`lsa, 20 ta laureat o`qishga topshiradi. Laureatlar ham qanday bu mukofotni qo`lga kiritgani haqida gapirmasa ham bo`ladi. Bu nimaga olib kelyapti? Puli bilan chetga chiqib kelgan yoshlar o`qishga imtiyozli qabul qilinyaptiyu, haqiqiy iste`dodlar chetda qolib ketyapti. Bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko`p. Vazirlik tomonidan aynan qanday xalqaro va nufuzli tanlovlar g`oliblariga imtiyoz berilishi haqida ro`yxatni shakllantirish tashabbusi bilan chiqdik. Bu muammo amaliy echim topishiga harakat qilyapmiz.

    Boshqa yangiliklar