AsosiyJamiyat

Farg`onaning chegaradagi tumanlarida bog`chalar uchun to`lov miqdori ikki baravar kamaytirildi

'Farg`onaning chegaradagi tumanlarida bog`chalar uchun to`lov miqdori ikki baravar kamaytirildi'ning rasmi

Prezidentning 2018 yil 8 avgustdagi qaroriga muvofiq Farg`ona viloyatining So`x tumani, Farg`ona tumanining Shohimardon va Yordosh qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida amaldagi ota-onalar to`lovi miqdori 2023 yil 1 yanvarga qadar ikki baravarga pasaytirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Masalan, tuman markazi hisoblanmagan joylardagi bog`chalarda hozirgi kunda bir nafar bola uchun to`lov 105 ming (tuman markazida 115 ming) so`m to`lov belgilangan (10,5 soatlik), endilikda ushbu to`lovning yarmi ya`ni 52 500 (tuman markazida 57 500) so`m pul to`lanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan tashqari Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo`shrabot, Urgut, Bulung`ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G`allaorol, Forish, Mirzacho`l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ham ota-onalar to`lovi miqdori ikki baravarga pasaytirilgan.

    Boshqa yangiliklar