Hindistonning Tamil-Nadu shtatida mo``jiza sodir bo`ldi, deb yozadi Mirror nashri.
Megxala ismli fermer xo`jaligida uch ko`zli buzoqcha dunyo keldi. Ushbu voqeani fermer Xudoning sovg`asi deb atamoqda. Buzoqchaga Shiva nomini berishdi.
Fermerning so`zlariga ko`ra, bir kunda yuzlab odamlar buzoqchaga teginib ko`rish uchun tashrif buyurishmoqda. Tashrif buyuruvchilar uni omad tilsimi deb hisoblashmoqda.





