Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
Nogironligi bo`lgan shaxslar avtotransport vositalarining to`xtab turish joylariga qo`yiladigan talablar to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgani haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.
Nizomga muvofiq nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to`xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob`ektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to`xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo`lgan qismida to`xtab turish joylari tashkil etiladi.
Nogironligi bo`lgan shaxslar avtotransport vositalarining to`xtab turish joylari to`xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.
Mazkur to`xtab turish joylaridan «Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil» taniqlik belgisi o`rnatilgan transport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma`lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo`lgan ota-onalar — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo`lganda foydalanishi mumkin.
Nogironligi bo`lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.






