1

Toshkent shahar hokimiga o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 10.08.2018, 10:26
Toshkent shahar hokimiga o`rinbosar tayinlandi

Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini 2009 yilda tamomlagan.

2013-2015 yillarda - «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasining a`zosi, 2017 yildan buyon O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1