“O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazma zalida mamlakatimizda landshaft dizayni va florashunoslikni yanada rivojlantirish, aholi punktlarining badiiy-me`morchilik qiyofasini yanada yaxshilashga ko`maklashish maqsadida “Toshkent – Flora – 2014” ko`rgazmasi ochildi.
Ko`rgazmani tomosha qilish istagida tashrif buyurgan hamyurtlarimiz uchun “Gullar va gulchilik”, “O`g`it va o`simliklarni himoya qilish vositalari”, “Florashunoslik va gullar bilan bezatish aksessuarlari”, “Landshaft arxitekturasi va dizayni”, “Bog` va xiyobon qurilishi”, “Issiqxona va issiqxona texnologiyalari”, “Dorivor o`simliklar” mavzusida ekspozisiyalar tashkil qilingan. Ushbu bo`limlar o`z ichiga florashunoslik bozorida taklif etilayotgan keng turdagi tovar va xizmatlar, rang-barang landshaft arxitekturasi va dizaynini kabilarni jamlagan.
Landshaft arxitekturasi va dizayni bo`limida yuqori texnologiyali echimlar o`rin olgan. Bu erda mohir ustalar tomonidan tayyorlangan oddiy vaza, maysazor, shiyponchalar, sharsharalar barpo etish, geyzer va favvora qurilmalari, bog`larni yoritish moslamalari va bolalar maydonchalari konstruksiyalari bilan imkoniyati mavjud.





