AsosiyJamiyat

“UMS” uchun 2,5 million raqam ajratiladi

Tarkibiga “MTS” kirishi rejalashtirayotgan “Universal Mobile System” aloqa operatorining raqamlar hajmi faoliyatining birinchi bosqichida 2,5 milliontani  tashkil qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga tayanib, Gazeta.Uz xabar beradi.

Xabarda yozilishicha, O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi “UMS” aloqa operatori faoliyatining birinchi bosqichida Toshkent shahri uchun 1,5 millionta raqam ajratgan, qolgan raqamlar esa respublikaning boshqa hududlariga bo`linib beriladi.

Eslatib o`tamiz, “Sistema” aksiyadorlik moliya korporasiyasining ma`lum qilishicha, korporasiya egasi Vladimir Evtushenkovning hibsga olinishi O`zbekistonda aloqa operatorini ochish rejasiga hech qanday ta`sir o`tkazmasligi kerak.

    Boshqa yangiliklar