AsosiyDunyo

Ayolning oshqozonida kokain borligi uchun samolyot shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi

'Ayolning oshqozonida kokain borligi uchun samolyot  shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi'ning rasmi

Dominikan respublikasidan Italiyaga parvozni amalga oshirayotgan yo`lovchi tashuvchi samolyot Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahriga shoshilinch ravishda qo`ndi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Layner yo`lovchisi bo`lgan 23 yoshli ayol o`zini yomon his qilgandan keyin samolyot shoshilinch qo`nishga majbur bo`lgan. Xabar berilishicha, qiz giyohvandlik moddasini oshqozonida olib o`tishga harakat qilib, giyohvandlik moddasi solingan paketlarni yutgan. Biroq samolyot havoga ko`tarilgach, qizning oshqozonidagi paketlardan biri yorilib ketgan.

Operasiya jarayonida qizning oshqozonidan har birining og`irligi 15 grammdan bo`lgan 56 dona paket topilgan. Hozirda uni polisiya so`roq qilmoqda. U taqiqlangan vositalarni noqonuniy ravishda Evropaga olib o`tishda abylanmoqda.

Qiz kasalxonaga yotqizilgandan keyin shoshilinch qo`nishni amalga oshirgan Blue Panorama aviakompaniyasining samolyoti Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahridan Milanga uchgan.

    Boshqa yangiliklar