AsosiyDunyo

“ID” jangarilari shahzoda Uilyamning do`stini asirga olishdi

“Islom davlati” ekstrimistik guruhi jangarilari asirga olingan britaniyalik jurnalist Jon Kantli ishtirokidagi videoni taqdim etishdi.

ITV ma`lumotlariga ko`ra, Kantli -  sobiq xarbiy suratkash va Sunday Times,  Sun va Sunday Telegraph  nashrlari muhbiri. 2012 yili u Suriyada jangarilar tomonidan qo`lga olingandi.

The Daily Mail nashrining yozishicha, Kantli Britaniya shahzodasi Uilyamning do`stidir.

Internetda tarqatilgan videoda britaniyalik asir terroristik tashkilotlar bilan kurashishga qaratilgan g`arb kuchlarini to`xtatishga chorlab, jamoatga murojaat qilgan, deb yozadi Daily Mail.

    Boshqa yangiliklar