«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi O`zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun chegirmalar taqdim etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manba xabariga ko`ra, mazkur chegirmalar 31 avgustdan 4 sentyabrgacha bo`lgan davrda amalga oshiriluvchi mahalliy reyslar uchun amal qiladi.
Unga ko`ra, yakka holda uchuvchi yo`lovchilar uchun 30 foizlik chegirma taqdim etiladi. Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o`quvchilari, talabalar, davlat idoralarining maxsus o`quv kurslari tinglovchilari uchun - 40 foiz.
50 foizlik chegirmalar oilalar (2 va undan ortiq kishi), pensionerlar, nogironligi bo`lgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va Chernobil fojiasining oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashganlar uchun taqdim etiladi.






