Buyuk Britaniyaning London shahridagi parlament binosi oldida avtomobil odamlarga urildi, deya xabar berdi Mir24.tv nashri.
Ayni paytda voqea joyi o`rab olingan.
Polisiya nozirlarining bergan ma`lumotiga ko`ra, kecha mahalliy vaqt bilan soat 7:37da avtomobil parlament binosi qarshisidagi to`siqlarga kelib urilgan. Buning oqibatida bir necha piyoda jabrlangan. Avtomobil haydovchisi voqea joyida hibsga olingan. Hodisaga aniqlik kiritilmoqda.






