AsosiyJamiyat

2018/2019 o`quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi

'2018/2019 o`quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduxakimov bergan ma`lumotga ko`ra, Davlat qabul komissiyasining 5-son bayoni asosida jami 276 ta yo`nalish bo`yicha oshirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 mln 935 ming so`m bo`lib, 141 ta yo`nalishda (51,1%) abiturientlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to`lab talabaga aylanishlari mumkin.

Eng qimmat super-kontrakt esa o`tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi – 25 barobar! Bunga ko`ra, yurist bo`laman degan, lekin etarli ball to`play olmagan abiturientlar birinchi yil uchun 276 mln 450 ming so`m to`lab, talaba bo`lishlari mumkin.

Shu kabi super-kontrakt uchun 276 ta yo`nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.

Eslatma: to`plagan ballari to`lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball etmagan, biroq eng yuqori ballning 30%dan (56,7 ball) kam bo`lmagan holda, o`qish istagini bildirgan abiturientlar super-kontrakda o`qishi mumkin.

Super-kontrakt faqat birinchi yil uchun to`lanadi (oddiy kontraktning summasi ham shuning ichida), keyingi yillarda el qatori oddiy kontrakt to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar