Mudhish qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubining hibsga olingan qo`riqchilaridan ikki nafari avval sudlanganganligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda haqda Repost nashri Oliy suddagi manbaga asosan.
“Xususan, 1989 yil Toshkentda tug`ilgan, muassasaning qo`riqlov xizmatida ishlagan Sh. Qilichev va 1982 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan A. Hamroev muqaddam sudlangan”, - deyilgan xabarda.
Hibsga olingan yana ikki nafar shaxs — 1994 yilda tug`ilgan S. Kamoldinov va 1992 yilda tug`ilgan J. Yorqulov muqaddam sudlanmagan.
Sud ma`muriy materiallarni har tomonlama va to`liq o`rganib, V. Smirnov va I. Fazliddinovga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma`muriy jazo qo`llanish) muvofiq 15 sutka ma`muriy qamoq tayinladi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018 yil 10 avgustdagi ajrimiga muvofiq ayblanuvchilar Sh. Qilichov, A. Xamraev, J. Yorqulov va S. Kamoldinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.
Eslatib o`tamiz, Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" tungi klubida 9 avgust kechasi kurashchi Jamshid Kenjaev va klub qo`riqchilari o`rtasida yuz bergan janjal oibatida, Kenjaev vafot etgan edi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.






