AsosiyJamiyat

O`qituvchilarga qo`shimcha pul mukofoti berish tartibi ham joriy qilinadi

'O`qituvchilarga qo`shimcha pul mukofoti berish tartibi ham joriy qilinadi'ning rasmi

Pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini joriy qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Prezidentning 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan “Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori o`qituvchilik kasbining nufuzini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Xususan, ushbu hujjatda Xalq ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashiga ikki oy muddatda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan o`quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini joriy qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, umumiy o`rta ta`lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikasiya qilish va asosiy faoliyati bo`yicha qo`shimcha pullik xizmatlar ko`rsatish,ta`lim rivojiga munosib hissa qo`shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo`lgan pedagog kadrlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog`lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog`lomlashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklandi.

Ushbu chora-tadbirlarning samarali hayotga tadbiq etilishi jamiyatda o`qituvchilik kasbining nufuzini yuksaltirish bilan birga, ta`lim-tarbiya sifatini ham oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar