AsosiyJamiyat

Avtomobil yo`llari bo`yida avtoturargohlar tashkil etiladi

'Avtomobil yo`llari bo`yida avtoturargohlar tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo`llari bo`ylab pullik avtomobil to`xtash joylarini tashkil etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko`p qavatli avtomobil saqlash joylarini quriladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentiniing “Toshkent shahrida investisiya muhitini yaxshilash bo`yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilgan.

Shuningdek, mazkur farmonda eng yuqori ijara to`lovlari va investisiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo`l harakati sohasida innovasiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik sub`ektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo`lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish qayd etilgan.

O`ylaymizki, mazkur farmon ijrosi shaharimiz infratuzilmasining rivojlanishiga, investision muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar