AsosiyJamiyat

Vazirlik tomonidan navbatdagi aksiya e`lon qilindi. Inson huquqlari bo`yicha savollaringiz bormi?

'Vazirlik tomonidan navbatdagi aksiya e`lon qilindi. Inson huquqlari bo`yicha savollaringiz bormi?'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi aksiya e`lon qilindi. Vazirlik 2018 yilning 17-27 avgust kunlari “Inson huquqlari bo`yicha onlayn murojaat” aksiyasini o`tkazadi.

Buning uchun 10 kun davomida maxsus virtual maydon tashkil etiladi. Ya`ni, maxsus havola orqali Siz adliya mas`ullariga inson huquqlari borasida savollaringiz bilan to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilishingiz mumkin.

Aksiya doirasida faqat quyidagi yo`nalishdagi murojaatlarga javob beriladi:

1. Shaxsiy huquq va erkinliklarga rioya etilishi

- yashash huquqi, shaxsning erkin harakatlanish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi va shu kabilar);

2. Mehnat qilish huquqining kafolatlari

- ishga joylashish, xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari, mehnat shartlariga rioya etilishi, mehnat ta`tillari, mehnatga haq to`lash, majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik, mehnat shartnomalarini bekor qilish, mehnat nizolarini sudda ko`rib chiqish va shu kabilar);

3. Ta`lim olish huquqi

- bolani maktabgacha ta`lim muassasasiga joylashtirish, maktabda ta`lim olish, maktabni ta`mirlash, bir ta`lim muassasasidan boshqa ta`lim muassasasiga o`qishni ko`chirish, o`qishga qayta tiklash va shu kabilar);

4. Mulkdor bo`lish huquqi

- mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish, mol-mulklarni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo`yish, mul-molkka etkazilgan zararni undirish va shu kabilar);

5. Ijtimoiy ta`minot olish

- pensiya yoshini hamda mehnat stajini aniqlash, nafaqalar, pensiyalar hamda moddiy yordam pullarini olish hamda ularning miqdorini aniqlash, voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalar, nogironligi bor shaxslarga berilgan imtiyozlar);

6. Malakali tibbiy yordam

- tez tibbiy yordam ko`rsatish, tibbiy xizmatlar tariflari, imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish, shaxslarni dori vositalari bilan ta`minlash, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo`lgan bemorlarni majburiy davolash va shu kabilar);

7. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

- samosud, suisid va oilaviy zo`ravonlikning oldini olish, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari).

Javoblar foydalanuvchining elektron pochtasiga yo telegram raqamiga shaxsan yoki ijtimoiy tarmoq orqali ommaviy tarzda yo`llanishi mumkin (savol yo`llovchining xohishiga ko`ra). Murojaatlarni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha huquqi buzilgan shaxslar manfaatini himoya qilgan holda ta`sir choralari qo`llanilishi mumkin.

Aksiya doirasida murojaatlarga javob berish jarayonida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonun talablari inobatga olinadi.

Murojaat yo‘llash uchun havola: http://cc.uz/15suk

    Boshqa yangiliklar