1

Xitoyda dunyoga kelgan egizak pandalar ko`zlarini ochdi

Dunyo 20.09.2014, 14:43
Xitoyda dunyoga kelgan egizak pandalar ko`zlarini ochdi

2014 yilning 29 iyul kuni Guanchjou shahridagi "Chanlun" hayvonot bog`ida Sichuan provinsiyasidan keltirilgan Szyuysyao ismli panda birvarakayiga 3 ta pandani dunyoga keltirgandi. Bu haqda ommaviy axborot vositalariga 12 avgust kuni pandachalarning ahvoli yaxshilangandan so`ng xabar berilgandi. Ayni kunlarda ular ko`zlarini sekin asta ochayotgani va ancha ulg`ayib qolganliklari borasidagi xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, pandalar hayvonot bog`iga tashrif buyuruvchilar e`tiboriga shu yilning oktyabr oyida ham namoyish etilishi mumkin. Hayvonot bog`i vakillari pandalarga ism berish uchun eng yaxshi ism tanlovini e`lon qilishdi. Barcha o`z taklifini bermoqda, biroq pandalarga beriladigan ismlar oktyabr oyining o`rtalarigacha ma`lum qilinmaydi. Aytish lozimki, pandalarga eng yaxshi ism topgan fuqaroga 20 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli beriladi.

Dunyoga kelishi bilan har uchala panda mahsus inkubatorga joylashtirilgandi. Chunki ularning onasi Szyuysyao (xitoy tilida “xrizantemaning jilmayishi" ) tug`ruqdan so`ng juda holsizlandi va bolalariga qaray olmagandi. Hayvonot bog`i hodimlari pandalarning ko`zlariga alohida ahamiyat berib parvarish qilishmoqda. 50 yil ichida dunyo bo`yicha 400 ta panda dunyoga kelgan. Ular ichida 3 martagina birvarakayiga 3 ta panda dunyoga kelgan. Biroq ushbu uchliklarning hech biri to`laligicha tirik qolmagan. Ushbu hodisalar 1967, 1999 hamda 2003 yillarda sodir bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1