1

Ko`z uchishining 6 sababi

SUG'DIYONA 16.08.2018, 16:50
Ko`z uchishining 6 sababi

Hech o`ylab ko`rganmisiz: nima sababdan ko`z lipillaydi? Hammasi asabdan, deydi shifokorlar va ularning gapida jon bor. Shunday bo`lsa-da, ko`z uchishining boshqa sabablari ham yo`q emas.

  • Ko`z toliqishi. Kompyuterda ishlash, xona yorug`ligi etarli darajada bo`lmagan sharoitda kitob o`qish ko`z mushaklarini charchatadi. Natijada spazm yuz beradi.
  • To`yib uxlamaslik. Bu holatda organizmning umumiy toliqishi kuchli stressni yuzaga keltiradi.
  • Nevroz. Kishi xatti – harakatlarini nazorat qila olmaganida beixtiyor nerv tolalari tortiladi.
  • Kofein, spirtli va gazlangan ichimliklar. Bilasiz, har bir organizm individual tuzilgan. Shunga ko`ra, oshqozon – ichak tizimi iste`mol qilinayotgan mahsulotlarga reaksiya berishi mumkin.
  • Immunitet zaiflashuvi. Infeksion xastaliklardan so`ng immun tizimi sustlashadi. Bu esa organizmda umumiy stressni keltirib chiqaradi.
  • Vitamin etishmovchiligi. Organizm ma`lum guruh darmondorilariga ehtiyoj sezsa, ko`z uchishi kelib chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1