AsosiyJamiyat

Sirtqi ta`lim shakliga o`tkazilgan sinovlarda bir kunda 74 nafar abiturient bino ichida qoidabuzarlikka yo`l qo`ydi

'Sirtqi ta`lim shakliga o`tkazilgan sinovlarda bir kunda 74 nafar abiturient bino ichida qoidabuzarlikka yo`l qo`ydi'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalarining sirtqi ta`lim shakliga kirish test sinovlarining birinchi kuni ikki smenada o`tkazildi, deb ma`lumot berdi, Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining Facebook‘dagi sahifasida. Qayd etilishicha, 28 ta oliy ta`lim muassasalarining 55 ta ta`lim yo`nalishida 49 ming 984 nafar abiturient ishtirok etgan, 2 263 nafar abiturient turli sabablarga ko`ra test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 145 nafar abiturient, shundan 71 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 74 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Jarayon UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko`rinishida to`g`ridan-to`g`ri yoritildi.

Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Buxoro viloyatidan kechasi 24:00da etib keladi.

17 avgust kuni o`tkazilgan test natijalari 18 avgust kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.

Respublikada oliy ta`lim muassasalarining sirtqi ta`lim shakliga test sinovlari 17-20 avgustda o`tishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar