AsosiySiyosat

Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

'Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamrohligida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo`yilib, Qur`on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

Tojikiston Prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo`ldi. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so`zlab berildi.

    Boshqa yangiliklar