1

Prezidentlar Mirzo Ulug`bek rasadxonasini borib ko`rdi

Siyosat 18.08.2018, 12:29
Prezidentlar Mirzo Ulug`bek rasadxonasini borib ko`rdi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulug`bek muzey-majmuasini borib ko`rdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010 yilda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.

Muzey ikki zal va olti bo`limdan iborat. Undan Mirzo Ulug`bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo`lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o`rin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulug`bek haqidagi qo`shimcha ma`lumotlar namoyish etilgan.

Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat o`lkalari qoloq bo`lgan o`rta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1