AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo`ldi'ning rasmi

Afrosiyob mo`g`ullar istilosigacha gullab-yashnagan qadimiy qal`adir. Muzeyda ushbu shaharning miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o`rtalaridan XIII asrning boshlarigacha bo`lgan tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.

Emomali Rahmonga Afrosiyob qal`asi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy o`tmishi haqida ma`lumot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar