AsosiySiyosat

Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi

'Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi'ning rasmi

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi davlat rahbarining rasmiy sayti.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug`bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu erda olib borilgan ishlar haqida so`zlab berildi. O`zbekistonning me`morchilik an`analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Emomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.

    Boshqa yangiliklar