AsosiyDunyo

Gruziyalik yigit suv ostida Rubik kubiklarini yig`ish bo`yicha rekord o`rnatdi (Video)

'Gruziyalik yigit suv ostida Rubik kubiklarini yig`ish bo`yicha rekord o`rnatdi (Video)'ning rasmi

Gruziya fuqarosi Vako Marchilashvili suv ostida Rubik kubiklarini yig`ish bo`yicha rekord o`rnatdi, deya xabar berdi “Imedi” nashri.

Marchilashvili suv ostida bir urinishda oltita Rubik kubiklarini yig`a olgan. Buning uchun unga 1 daqiqayu 44 soniya kerak bo`lgan.

18 yoshli Marchilashvili – kubik yig`ish bo`yicha ikki karra Gruziya chempioni hisoblanadi.

Rubik rubigi boshqotirmasi 1974 yili vengriyalik arxitektor Erne Rubik tomonidan ixtiro qilingan.


Boshqa yangiliklar