1

Usama ben Ladenning kuyovi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo 24.09.2014, 09:01
Usama ben Ladenning kuyovi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Nyu-York sudi “Al-Qoida” terroristik tarmog`i rahbari – Usama ben Ladenning kuyovi Sulaymon Abu Geytni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar beradi.

Joriy yilning mart oyida quvaytlik Abu Geyt AQSh fuqarolarini o`ldirish va terroristlarga moddiy yordam berishda aybdor deb topilgandi.

Okrug hakami Lyuis Kaplanning qayd qilishicha, 48 yoshli Sulaymon Abu Geyt terroristlar bilan hamkorlik qilganidan pushaymon bo`lmagan.

Tergov natijalari ko`ra, Abu Geyt terroristik g`oyalarni targ`ib qiluvchi video lavhalarda “Al-Qoida”ning rasmiy vakili sifatida ham ishtirok etgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1