Nafaqat yosh kinoixlosmandlar, balki kattalarni ham o`zining g`aroyib rollari bilan rom etgan Endryu Rassel Garfild (Andrew Russell Garfield) 35 yoshni qarshiladi, deya xabar qilmoqda Mixnews nashri.
Londonning Nutq va drama markaziy maktabida tahsil olgan Endryu o`zinnig karerasini teatr va televideniedan boshlaydi. Katta ekrandagi ilk rolini esa “Qo`zichoqlar uchun arslon” filmida ijro etadi.
Keyin “Bolakay A” filmidagi roli unga BAFTA mukofotini olib keladi.
2010 yili “Ijtimoiy tarmoq” va “Meni qo`yib yuborma” filmlarida suratga tushgan Garfild keng ommaga tanila boshlaydi.
Ammo haqiqiy mashhurlik hali oldinda edi. Mark Uebbning “Yangi o`rgimchak odam” dilologiyasida bosh qahramon Piter Parkerning rolini qoyilmaqom ijro etgan Endryu Garfildni maghur rejissyorlar Mel Gibson o`zining “Vijdon amri ila” harbiy dramasida, Martin Skorseze esa o`zining “Sukut” diniy-falsafiy kartinasida bosh rolga taklif etadi. Urushda qo`liga qurol olishdan bosh tortgan Desmond Doss roli uchun Endryu “Oskar”, “Oltin globus” va BAFTA kinomukofotlarida “Eng yaxshi aktyor” nominasiyalariga qo`yiladi.
Yaqinda Endryu Garfild rejissyor Endi Syorkissning “Biz uchun nafas ol” nomli melodramasida to`shakka mixlanib qolgan sarguzashttalab Robin Kavendishning rolini ijro etdi.
Nima ham derdik, iqtidorli aktyor Endryu Garfilddan katta-katta kinoloyihalarda g`aroyib va qiziqarli rollar ijro etishini kutib qolamiz.






