Yangi o`quv yili 5 sentyabrda boshlanadi. Bu haqida Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Prezidentimiz Farmonlariga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimiz aholisiga 31 avgustdan 4 sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan. Maktab o`qituvchilarimiz ham ushbu dam olish imkoniyatidan to`laqonli foydalanishlari uchun yangi o`quv yili 5 sentyabrdan boshlanadi.
Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o`qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo`shimcha imkoniyat yaratildi.






