AsosiyJamiyat

Diplomatik pasport bilan Latviyaga vizasiz borish mumkin

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O`zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi hukumatlari o`rtasida diplomatik pasport egalarining vizasiz qatnovlari to`g`risidagi kelishuvi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.Uz sayti xabar beradi.  

Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ko`rsatilagan halqaro kelishuvni kuchga kirishi uchun ichki davlat proseduralarini bajarish to`g`risida tegishli xabar yuboriladi.

Vazirlar mahkamasi hamda tegishli vazirlik va tashkilot rahbarlariga yuqorida aytilgan halqaro kelishuvni kuchga kirganidan so`ng,  o`rnatilgan tartibda O`zbekiston tomonidan bajarilishi kerak bo`lgan vazifalarni bajarilishini nazorat qilish buyurildi.

    Boshqa yangiliklar