AsosiyJamiyat

Istirohat bog`larini tashkil qilishga oid talablar belgilandi

'Istirohat bog`larini tashkil qilishga oid talablar belgilandi'ning rasmi

Istirohat bog`lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Tasdiqlangan nizomga muvofiq istirohat bog`lari aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari asosida tashkil etiladi.

Istirohat bog`lariga quyidagi talablar qo`yiladi:

  • yuqori texnologik, zamonaviy asbob uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik;
  • zamonaviy landshaft dizaynining ko`llanilganligi;
  • favvoralarni qurish;
  • velosiped yo`lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish ob`ektlarini obodonlashtirish;
  • madaniy-dam olish xizmatlaridan foydalanish tizimining mavjudligi.

Istirohat bog`lari hududlarida oilaviy dam olish ob`ektlari, yozgi teatrlar, lektoriylar, o`qish zallari va kutubxonalar, attraksionlar, raqs zallari, tirlar va boshqalar faoliyat yuritishi lozim

Shahar o`rmonlari, xiyobonlar, istirohat bog`lari, shahar bog`lari, piyoda yurish uchun mo`ljallangan xiyobonlar yashil zonalar tarkibiga kiradi.

Istirohat bog`ini tashkil etishda ishtirok etishni istagan xususiy sherik o`zi haqidagi ma`lumotlar, loyihani amalga oshirish maqsadlari, taxmin qilinayotgan ob`ekt yoki er uchastkasi to`g`risidagi ma`lumotlar ilova qilingan arizani davlat sherigiga taqdim etadi.

Ariza 10 kun mobaynida ko`rib chiqiladi.

Davlat sherigi hudud aholisi ehtiyojlaridan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o`rganish natijalari asosida tanlov e`lon qiladi. Tanlov boshlanishidan avval 30 kalendar kunmobaynida tanlov savdolarini o`tkazish to`g`risidagi ma`lumotlar e`lon qilinadi.

Tanlov komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflangan xususiy sherik o`n ish kuni mobaynida ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tuzadi.

    Boshqa yangiliklar