AsosiyJamiyat

Prokuratura Bosh vazir va uning o`rinbosari uchragan YTH bo`yicha ma`lumot berdi

'Prokuratura Bosh vazir va uning o`rinbosari uchragan YTH bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Bosh vazir Abdulla Aripov va uning o`rinbosari Alisher Sultonov ishtirokidagi YTH yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ham ma`lumot berdi.

Axborotda bosh vazir o`rinbosari Alisher Sultonov nisbatan jiddiyroq jarohat olganini, umuman, YTH oqibatida bosh vazir va uning o`rinbosari bilan birgalikda jami 6 kishi tan jarohati olgani ma`lum qilingan.

“20 avgust kuni soat 9:30 larda, “Qorasuv—Bo`ka—Bekobod” avtomobil yo`lining 92-kilometrida, Baxtiyor Saidov boshqaruvidagi “Damas” rusumli davlat raqam belgisi 10 U 945 LA bo`lgan avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib, Bekobod tumani, Zafar qo`rg`oni tomonidan Bekobod shahar tomonga harakatlanib, boshqaruvni yo`qotgan holda yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketib, haydovchi Rustam Tolipov boshqaruvidagi “Mersedes-Benz” rusumli davlat raqam belgisi 01 215 AVA bo`lgan xizmat avtomashinasining chap yon tomon o`rta qismiga urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.

Tibbiyot ma`lumotnomasiga ko`ra, yo`l transport hodisasi oqibatida “Mercedes-Benz” rusumli xizmat avtomashinasi salonida bo`lgan O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan engil shikast, bosh vazir o`rinbosari Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko`krak qafasi 7-10 qovurg`alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat eyishi, Prezident devoni mas`ul xodimi U.Qurbonovda o`ng qo`l bilak suyagi yopiq sinishi kabi tan jarohatlar, haydovchi Rustam Tolipovda bosh tepa sohasi hamda o`ng elka, o`ng bilak ochiq bo`g`imi yumshoq to`qimalari lat eyishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, yo`l-transport hodisasi oqibatida “Damas” avtomashinasi haydovchisi B.Saidovda peshona sohasi lat eyishi, yo`lovchi A.Meliboevda o`ng umrov suyagini yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlangan. Alisher Sultonov, U.Qurbonov, Baxtiyor Saidov, A.Meliboev shifoxonaga joylashtirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda. R.Tolipovga tegishli tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur yo`l transport hodisasi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar