Moskva viloyatining Kotelniki shahrida BOES Construction kompaniyasiga qarashli qurilishda ishlovchi 26 kishi 21 avgust kuni soat 10:05 atrofida shahar kasalxonasining tez tibbiy yordam ko`rsatish bo`limiga ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi. Bu haqda rossiyalik hamkasblariga tayanib, FVV axborot xizmati ma`lum qildi.
Jabrlanganlarning hammasi O`zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan.
Ularning so`zlariga qaraganda, 18 avgust kuni oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilganidan so`ng sog`liqlari yomonlashgan va uy sharoitida urinishlar samarasiz bo`lgach, Kotelniki shahar tez tibbiy yordam ko`rsatish bo`limiga yordam so`rab murojaat qilishgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga etib kelgan va 24 nafar jabrlanuvchini tibbiy ko`rikdan o`tkazgan. Ularning 23 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 2 nafari davolanishdan bosh tortgan va 1 nafari tibbiy yordam etib kelguniga qadar vafot etgan. Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, jabrlanganlarga «Gastroenterit» tashxisi qo`yilgan.
Lyubersi shahridagi 1-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:
Matanov Modat Rimbaevich — 35 yoshda;
Qozoqboev Usmon Begamovich — 20 yoshda;
Narboev Sharafbek Mumichovich — 42 yoshda;
Talimov Husan Shonovich — 29 yoshda;
Muxtorov Anji Yusupovich — 30 yoshda;
Muyudov Ulug`bek — 48 yoshda;
Zaynetdinov Hoshimjon Abdullajon o`g`li — 19 yoshda;
Eshquvvatov Sobirjon Shobirjonovich — 20 yoshda.
Lyubersi shahridagi 2-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:
Xoldorov Doniyor Mamarasulovich —21 yoshda;
Tursunov Quvonch Zafarovich — 19 yoshda;
Kamalov Samaridin Tolxinovich — 20 yoshda;
Xudoyqulov Anvar Ro`zmamatovich — 40 yoshda;
Qudratov Zarif Nabievich — 33 yoshda.
Ramenskaya markaziy kasalxonasiga yotqizilganlar:
Tayumov Ebabek Abdurazzoqovich — 31 yoshda;
Tagaev Lochin Gulmuradovich — 31 yoshda;
Babadjanov Artur Raximbekovich — 31 yoshda;
Abdullaev Muxtor Sobirovich — 46 yoshda;
Davlatov Izzatbek Xudoyberganovich — 22 yoshda;
Axmedov Maksadbek Rajabovich — 23 yoshda
Jukovskiy shahar kasalxonasiga yotqzilganlar:
Chuxoev Abduxalim Abduraxmonovich —29 yoshda;
Rasulov Otabek Normeygalievich — 21 yoshda;
Ermakov Xursand Soatbekovich — 20 yoshda;
Torshiev G`ayrat Xurramovich — 40 yoshda.
Hozirgi vaqtda 23 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.
Kasalxonaga yotqizishdan bosh tortganlar
Obidov Suhrob Zuhratdinovich — 39 yoshda;
Tarimov Akbar Egamberdievich — 38 yoshda.
Vafot etgan fuqaro:
Eshmetov Odilbek Otanazarovich, 1985 yilda Xorazm viloyatida tug`ilgan.
O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi marhumni vataniga olib kelish uchun tegishli choralar ko`rmoqda.






