Ufa-Sochi yo`nalishidagi samoyot avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar qildi REN TV nashri.
“Red vings” aviakompaniyasining TU-204 samolyoti chap dvigatelida parvozdan so`ng uchqunlar chiqqan. Oqibatda uchuvchi samolyotni qo`ndirishga majbur bo`lgan. Samolyot bortida 207 yo`lovchi bo`lgan. Yo`lovchilardan biri dvigatelning yonishini tasvirga tushirgan. Reys bekor qilingan.






