Klimatologlar ilk bor Grenlandiyaning shimoliy taraflaridagi ko`p asrlik muzlarning g`oyib bo`lganini qayd etishdi, deya ta`kidlamoqda Lenta.ru nashri.
Olimlarning aytishicha, muzlarning yo`qolishi Arktika tyulenlari va oq ayiqlarning qirilib ketishiga sabab bo`lishi mumkin.
Muzlarning g`oyib bo`lishiga ularning borgan sari yupqalashayotgani sabab bo`lmoqda. Arktika muzlari yupqalashgani sabab ko`chayotgani bunga isbot bo`la oladi.






