1

Xalqaro maqom san`ati anjumaniga har jihatdan tayyorgarlik davom etmoqda

Madaniyat 23.08.2018, 15:33
Xalqaro maqom san`ati anjumaniga har jihatdan tayyorgarlik davom etmoqda

Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladi. Shu bois, fuqarolarni xavfsizligini ta`minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB yong`in xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahar YoXB, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tibbiyot, gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida anjuman oldidan favqulodda yong`in sodir bo`lganda fuqarolarni to`g`ri harakat qilishi bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirish, o`tkaziladigan tadbirlar davrida yong`inga qarshi choralarning bajarilishiga doir amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi.

Mashg`ulotda Shahrisabz shahar yong`in xavfsizligi bo`limi 7-harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismining yong`in o`chirish bo`linmalari favqulodda fuqarolarni qutqarish va tibbiyot xodimlari kelgunga qadar birlamchi tibbiy yordamni ko`rsatish jarayonlarini ko`rsatib, amaliy ko`nikmalarini shakllantirish bilan bog`liq boshqa vazifalarni ham bajardi.

Tadbir davomida yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladigan bino atrofidagi bino va inshootlar, aholi turar joylarini yong`in xavfsizligi holatini o`rganib, mavjud kamchiliklar bo`yicha o`z tavsiyalarini berishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1