AsosiyJamiyat

O`tgan hafta davomida 250 ta yong`in sodir bo`ldi

O`tgan hafta mobaynida O`zbekiston hududida 250 ta yong`in sodir bo`lganligi qayd etilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar beradi.

Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 1 nafar fuqaro halok bolgan. Ushbu yong`inlarda 977 mln. 5 ming 56 so`m miqdorida qurilish materiallari va 772 mln. 795 ming 153 so`m miqdorida moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.

Bolalar sho`xligi natijasida yong`in sodir bo`ldi. Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi 5 yoshli Asqarning gugurt o`ynashi oqibatida 80 kv.metr maydonda molxona yonib zararlangan. Baxtli tasodif tufayli hech kim tan jarohati olmagan.

Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida yong`in sodir bo`ldi. Yong`in oqibatida, fuqaro N.G`oipovga qarashli avtota`mirlash ustaxonasida ta`mirlanayotgan K.Alimovning «Matiz» rusumli avtomobili zararlangan.

    Boshqa yangiliklar