Bugun Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Xalqaro press-klubda «Maktab ta`limi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim o`zgarishlar va muammolar tahlili» mavzusida navbatdagi sessiya tashkil etilmoqda, deb xabar berdi O`zA.
Unda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, vazirlikning mas`ul rahbar va xodimlari, umumta`lim maktablari vakillari, tadbirkorlar, ekspertlar ishtirok etishmoqda.
Anjumanda jurnalistlar mutasaddilarga Davlat byudjetidan Xalq ta`lim vazirligiga 7-10 trillion so`mga yaqin mablag` ajratilsa-da, o`qituvchilarning oylik maoshlari nega kamligi haqida savol bilan murojjat etishdi.
Vazirlik mas`ullari Moliya vazirligi bilan ushbu masalani ko`rib chiqqanini, ayni paytda o`qituvchilarning oyligi oshirilishiga erishilganini ta`kidlashdi. Unga koʻra, 2019 yilning yanvar oyidan boshlab, oliy toifali yuqori sinf oʻqituvchilarning oyligi 1 mln. 729 mingdan 2 mln. 501 ming soʻmgacha belgilandi.






