Qibray tumanida o`tkaziladigan mazkur haftalik doirasida hunarmand va tadbirkor ayollarning Innovasion yarmarkasi bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ixtirochi ayollar Markazi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur haftalik xotin-qizlarni tadbirkorlik va xunarmandchilik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning faoliyatiga innovasion yondashuvni joriy qilish hamda ayollarning biznes loyihalarini amalga oshirishlariga ko`maklashishdan iborat.
Ixtirochi xotin-qizlarning innovasion tadbirkorlik haftaligida tumanning 86 maxallarida istiqomat qiluvchi 400 dan ortiq tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlamoqchi bo`layotgan, bandligi ta`minlanmagan va imkoniyati cheklangan xotin-qizlar ishtirok etadilar.
Haftalik doirasida og`ir turmush sharoitida yashayotgan hamda nogironligi bo`lgan xotin-qizlarga xunarmandchilikning 12 ta yo`nalishi bo`yicha maxorat darslari o`tkaziladi. Maxorat darslarida ishtirok etgan xotin-qizlar o`z qiziqishlari asosida «Xunarmand» uyushmasi tomonidan ustozlarga biriktirilib, ularga mehnat daftarchalari ochiladi.
Bundan tashqari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi hamda O`zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.






