1

Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko brigadasi 2015 yilgi Osiyo kubogi bahslarini boshqaradilar

Sport 25.09.2014, 17:08
Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko brigadasi 2015 yilgi Osiyo kubogi bahslarini boshqaradilar

Osiyo Futbol Konfederasiyasi kelasi yilning yanvar oyida Avstraliyada o`tkaziladigan Osiyo Kubogi bahslarida ishtirok etadigan rasmiylar va hakamlar nomini e`lon qildi.
Ushbu nufuzli tadbir ishtirokchilari qatorida O`zbekistondan bir emas, ikki nafar hakamlar brigadasi OK-2015 final bosqichi o`yinlarini boshqarib borish uchun OFKdan taklif olgan. Bu haqda uff.uz nashri xabar beradi.

Unga ko`ra, Osiyo Kubogi bahslarida O`zbekistondan ikki nafar brigada - Ravshan Ermatov hamda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

OK-2015 final bosqichi o`yinlarida Ravshan Ermatov o`z yordamchilari, Abduhamidillo Rasulov (O`zbekiston) hamda Bahodir Qo`chqorovlar (O`zbekiston) bilan OK bahslarida hakamlik qilsa, Kovalenkoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Jahongir Saidov (O`zbekiston) va Ma`mur Saidqosimovlar (O`zbekiston) yordam berishadi.

Ta`kidlash joiz, O`zbekiston bir yo`la ikkita hakamlar brigadasi bilan Osiyo Kubogi bahslarida ishlaydigan OFKning yagona vakili hisoblanadi.
Qo`shimcha o`rnida, O`zbekistondan yana bir vakil - Farhod Abdullaev OK bahslarida nazoratchi hakam sifatida ishlaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1