1

Incheon-2014. Anton Fokin kumush medalga sazovor bo`ldi

Sport 26.09.2014, 11:04
Incheon-2014. Anton Fokin kumush medalga sazovor bo`ldi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan XVII yozgi Osiyo o`yinlarida delegasiyamiz hisobi yana bitta kumush medalga boyidi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Sport gimnastikasi bo`yicha brusda bajariladigan mashqlarda hamyurtimiz Anton Fokin murakkablik koeffisienti uchun 6.700 ball, bajargan mashqi uchun 8.775 ballga ega bo`ldi va umumiy 15.475 ball jamg`argan holda Osiyo o`yinlarining kumush medaliga sazovor bo`ldi.

Bugungi kunga qadar o`tkazilgan musobaqalar yakunlariga ko`ra delegasiyamiz hisobida 4 ta kumush va 7 ta bronza medali mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1