AsosiyJamiyat

26 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'26 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar