AsosiyJamiyat

Nukusda mahobatli davlat bayroqlari o`rnatildi

'Nukusda mahobatli davlat bayroqlari o`rnatildi'ning rasmi

Nukus shahri markazida balandligi 55 metrlik flagshtokda eni 8, uzunligi 15 metr bo`lgan O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat bayroqlari o`rnatildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi M.Erniyazov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yangi bosqichga ko`tarilib, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan olijanob tamoyil barcha sohalarda yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

7.jpg

Nukus shahridagi I.Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyi va Ajiniyoz shoir yodgorligi qoshida mag`rur qad rostlagan bayroqlar shahardagi eng baland ob`ektlardan biriga aylandi. Ularni shaharning istalgan joyidan ko`rish mumkin.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar