AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev italiyalik landshaft me`mori bilan uchrashdi

'Jahongir Ortiqxo`jaev italiyalik landshaft me`mori bilan uchrashdi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi va me`morchilik va landshaft dizayni bo`yicha NOVELLO s.r.l Made in Italy Landscape kompaniyasining asoschisi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasining Italiyadagi yangi tayinlangan elchisi Otabek Akbarov ham ishtirok etdi. Tomonlar ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy hamkorligini muhokama qildilar. Marino Novello poytaxtimizning asosiy o`ziga xosligi – umumiy uzunligi 417 kilometr bo`lgan kanal va ariqlar ekanligini hayrat bilan qayd etib o`tdi. Shundan so`ng u ushbu sohada hamkorlik qilish istagini bildirdi, shuningdek, o`zbek-italyan madaniy markazini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar