AsosiyJamiyat

Donni qayta ishlovchi korxonalarga imtiyozlar berildi

'Donni qayta ishlovchi korxonalarga imtiyozlar berildi'ning rasmi

Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo`shimcha ravishda qo`llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga o`zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishga ruxsat etildi.

2018 yil 1 sentyabrdan donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tizimi joriy etildi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar