AsosiyJamiyat

Toshkentda 3 kun ichida 45 ta avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi

'Toshkentda 3 kun ichida 45 ta avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi'ning rasmi

Toshkent shahrida 3 kun ichida tonirovka qilishga 45ta ruxsatnoma berildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

“Vazirlar Mahkamasining 18 iyuldagi qaroriga binoan, Toshkentda 23 avgustdan boshlab tonirovka qilishga ruxsatnomalar berila boshlandi. O`tgan uch kun ichida 30ta jismoniy va 15ta yuridik shaxslar ana shunday ruxsatnomalar olishdi”, - deyilgan xabarda.

Ruxsatnoma olmasdan, yopishtirib olingan tonirovka uchun O`zbekiston Respublikasining ma`muriy qonunbuzarliklar kodeksining 126 bandiga muvofiq, EKIHning bir baravari miqdorida jazo belgilangan.

Tonirovka qilishga ruxsatnomani Toshkent shahar IIBBning quyidagi manzillarda joylashgan YHXBlarida rasmiylashtirish mumkin:

1-diagnostika stansiyasi: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasi, 118a.

2-diagnostika stansiyasi: Yunusobod tumani, O. Zokirova ko`chasi 2a.

3-diagnostika stansiyasi: Mirobod tumani, Vodil ko`chasi, 54.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda avtomobil oynalarini belgilangan tartibda qoraytirish uchun jismoniy shaxslar 16,5 mln so`m, yuridik shaxslar 22 mln so`m miqdorida yig`im to`lashi kerak.

    Boshqa yangiliklar