1

Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 12 taga etdi

Sport 26.09.2014, 15:13
Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 12 taga etdi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan XVII yozgi Osiyo o`yinlarida o`zbekistonlik og`ir atletikachi Sardorbek Do`stmurodov bronza medali sovrindori bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Vazni 105 kg.gacha bo`lgan sportchilar musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Sardorbek dast ko`tarishda 170 kg., siltab ko`tarishda esa 221 kg. toshni o`ziga bo`ysintirib, umumiy hisobda 391 kg. natija bilan Osiyo o`yinlarining navbatdagi bronza medalini delegasiyamiz hisobiga keltirdi.

Shu tariqa, O`zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 12 taga etdi (4 ta kumush, 8 ta bronza).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1