1

Gavayida kuchli to`fon kuzatilmoqda

Dunyo 28.08.2018, 07:34
Gavayida kuchli to`fon kuzatilmoqda

Shu kunlarda Gavayiga Leyn to`foni yopirilgan, deya xabar bermoqda Dailyhype nashri.

Tinimsiz yog`ingarchilik tufayli esa suv toshqinlari kelib chiqdi. Vuluki daryosi o`zanidan toshib, yo`lida uchragan barcha narsani yuvib ketmoqda. Shuningdek, ayrim hududlarda tez-tez er ko`chkilari ham ro`y beryapti. Shamol tezligi soatiga 140 km.ga etgan.

Mazkur bo`ron Tinch okeanidan kirib kelayotgan bo`lib, u 5 bosqichdan iboratligi xabar qilinmoqda. Prognozlarga ko`ra, hozirda Leyn bo`ronining ikkinchi bosqichi kuzatilmoqda. Gavayi bo`ylab xavfning to`rtinchi darajasi e`lon qilindi. Tabiiy ofat qurbonlari xaqida rasmiy ma`lumotlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1