AsosiyDunyo

Ekvador Venesuela uchun ochildi

'Ekvador Venesuela uchun ochildi'ning rasmi

Ekvador hukumati Venesuela fuqarolari uchun maxsus gumanitar yo`laklarni ochganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Ria.ru nashri.

Bu haqda Kuito shahrida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiya e`lon qildi. Uning so`zlariga ko`ra, o`z mamlakatidagi iqtisodiy-siyosiy inqirozdan aziyat chekayotgan millionlab odamlarga yordam qo`lini cho`zish zarur.Ushbu qarordan so`ng mamlakat hududiga kirib kelgan venesuelaliklar soni 600 mingga etdi.

Mazkur yo`lakdan chegaradan o`tish uchun ruxsatnomasi bo`lmaganlar va fuqarolik pasporti yo`q shaxslar ham o`tishlari mumkin. Ekvador hukumati Venesuela bilan hamkorlikda migrasiya muamosiga birgalikda echim topishiga umid qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar